Kurash

Kurash sport turidan to'garak

Aralov Azizbek

To’garak kunlari: Dushanba, Chorshanba
Vaqti: 12:00 dan 14:00 gacha
Joyi: 50 xona

Kurash — sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Milliy K.ning xilma-xil koʻrinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya, Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda mavjud. Zavonaviy sport K.ining asosiy qoidalari 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi. 1912 yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144 mamlakat, Oʻzbekiston 1993 yildan aʼzo). Xalqaro maydonda sport K.ining yunonrum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek K. i ham alohida K. turi sifatida dunyo miqyosida tan oliva boshlandi. K. insonni kuchli, epchil, chidamli va irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Shifokorlar nazorati ostida 12 yoshdan K. bilan shugullanishga ruxsat etiladi. K. azaldan oʻzbek turmush tarzining uzviy qismi boʻlganligini arxeologik topilmalar, tarixiy qoʻlyozmalar tasdiqlaydi. Qad. Baqtriya (Oʻzbekiston jan.) hududidan topilgan jez davriga oid silindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri ikkinchisini chalayotgani tasvirlangan. Shu davrga mansub boshqa arxeologik topilmada esa polvonlarning K. usullarini namoyish qilayotgani aks ettirilgan. Bu noyob topilmalar miloddan 1,5 ming yil ilgari ham K. ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi boʻlganidan da-lolat beradi. Yunon yozuvchisi Klavdiy Elian (2—3-asr) va boshqa tarixiy shaxslarning yozishicha, shu hududda umr kechirgan sak qabilasi qizlari oʻzlariga kuyovni yigitlar bilan kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar kuyovni shart koʻyish yoʻli bilan aniqlashgan va bu shar-tda K. musobaqasi boʻlgan. Bunga oʻzbek xalq qahramonlik dostoni — „Alpo-mish“dagi Barchin shartlarini misol qilib koʻrsatish mumkin. Ibn Sino „Tib qonunlari“ asarida yozgan: „K.ning turlari ham bir sh Ulardan biri ikki kurashuvchining biri oʻz raqibining belbogʻidan ushlab oʻziga tortadi, shu bilan birga oʻz raqibidan qutulishning chorasini qiladi…“. Bu taʼrif zamonaviy K. qoidalariga yaqindir. Shuningdek, Mahmud Koshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“, Alisher Navoiyning „Hamsa“, „Holoti Pahlavon Muhammad“, Zayniddin Vosifiyning „Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ“, Husayn Voiz Koshifiyning „Futuvvatnomai sultoniy“, Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ asarida K. hakida qimmatli maʼlumotlar bor. 9—16-asrlarda K. xalqoʻrtasida keng ommalashgan. Shudavrda Pahlavon Mahmud, Sodiq polvon qabilar K. dovrugʻini oshirishgan.

Oʻzbek xalq yakka kurashining belbogʻli kurash deb nomlangan turi ham bor. Unga ham taalluqli koʻplab arxeologik topilmalar va tarixiy qoʻlyozmalar mavjud. Bundan 5 ming yil ilgari davrga mansub qad. Mesopotamiya hududidan topilgan haykalchada belbogʻli kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan. Xitoyning qad. „Tan-shu“ qoʻlyozmasida Fargʻova vodiysida toʻylar, sayllar K. musobaqalarisiz oʻtmasligi yozilgan. Ahmad Polvon, Xoʻja polvon va shahri k. K.ning ana shu turida shuhrat qozonishgan (19-asr oxiri — 20-asr boshi). Chorizm istilosi va shoʻrolar davrida oʻzbek milliy K.ini xalq turmush tarzidan sunʼiy ravishda siqib chiqarishga harakat qilindi. 20-asrning 90-yillari oxiriga kelib bu urinishlarga barham berildi. 1991 yildakurashchilar sulolasi vakili, bir necha K. turlari boʻyicha xalqaro miqyosda sport ustasi Komil Yusupov oʻzbekcha K.ning xalqaro andozalarga moslangan quyidagi qoidalarini ishlab chikdi: K. tushuvchilar 14 x 14 m dan 16x 16 m gacha boʻlgan, chetroq qismi qizil rangli „xavfli chiziq“ bilan belgilangan koʻk-yashil tusli K. gilamida tik turgan holatda bellashadilar. Gʻolib ishlatilgan usullar va maydondagi xatti-harakatlariga qoʻyiladigan baholarga qarab aniqlanadi. K.da boʻgʻish, raqibga ogʻriq beruvchi usullar qoʻllashga ruxsat etilmaydi, kurashuvchilarning biri koʻk, ikkinchisi yashil rangli yaktak (ayollar yaktak ichidan oq rangli futbolka) kiyadi, belga eni 4—5 sm li tasma (belbogʻ) bogʻlanadi, erkaqlar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg va 100 kg dan ziyod, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78, va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar (bolalar, oʻsmirlar, oʻspirinlar, yoshi ulugʻlar va qizlar musobaqalarida ham yosh xususiyatlari hisobga olingan holda vazn toifalari belgilanadi). Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (1KA)ning 2003 yil Toshkentda oʻtgan kongressi har bir uchrashuvning qizgʻin boʻlishini taʼ-minlash maqsadida rasmiy musobaqalarda bellashuv vaqtini 3 min. qilib belgiladi. Ishlatilgan usullarga bajarilishiga mos ravishda „chala“, „yonbosh“, „halol“ baholari, qoidaga zid harakatlarga esa „tanbeh“, „dakki“, „gʻirrom“ jazolari beriladi. Kurashuvchi „halol“ bahosini olsa (yoki raqibi „gʻirrom“ bilan jazolansa) bu uning gʻalabasini bildiradi. Ikki bor „yonbosh“ bahosini olish (yoki raqibining ikki bor „dakki“ deya jazolanishi) ham gʻalabani anglatadi. „Chala“ baholari hisobga olib boriladi va h. k. Bahrlar tengligida oxirgi baho olgan kurash-chiga gʻalaba beriladi, kurashchilarning baho va jazolari soni teng holatda baho ustunlikka ega boʻladi, jazolar soni teng boʻlsa oxirgi jazo olgan magʻlub hisoblanadi, agar barchasi teng (yoki baho va jazo olinmagan) boʻlsa, gʻolib hakamlarning koʻpchilik ovoziga koʻra eʼlon qilinadi.

1992 yilda Oʻzbekistonda kurash federatsiyasi, 2001 yilda Oʻzbekistonda belbogʻli kurash federatsiyasi tuzildi. 1998 yil sentabrda Toshkentda 28 davlat (AQSH, Boliviya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Rossiya, Oʻzbekiston, Yaponiya va h.k.) vakillari Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) muassislari boʻlishdi va shu munosabat bilan bu yerda oʻzbekcha K. boʻyicha yirik xalqaro musobaqa oʻtkazildi. OʻzR Prezidentining „Xalqaro kurash assotsiatsiyasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida“gi farmoni (1999 yil 1 fev.) oʻzbek milliy K. ining yavada rivojlanishiga turtki boʻldi. Oʻsha yili Toshkentda oʻzbekcha K. boʻyicha birinchi jahon chempionati, Rossiyaning Bryansk shahrida ayollar oʻrtasida xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. IKA qoshida Xalqaro K. akademiyasi, Butun jahon K.ni rivojlantirish jamgʻarmasi tuzildi, assotsiatsiya muassisligida „Kurash“ jur. taʼsis qilindi. Adabiy-badiiy, ijtimoiy-publitsistik, axborot-reklama yoʻnalishidagi bu jur. Toshkentda 1999 yil okt. oyidan buyon nashr etiladi.

2000 yil Oʻzbekistonda K. oyligi oʻtkazildi. Bu oylik davomida 2 mln.ga yaqin kishi K. gilamiga chiqdi. Buyuk Britaniyada IKA faxriy prezidenti Islom Karimov nomidagi anʼanaviy xalqaro musobaqaga asos solindi. 2001 yildan Xalqaro K. in-ti (Toshkentda) faoli-yat koʻrsata boshladi. 1KA ga 66 ta milliy federatsiya aʼzo boʻlib kirdi (2003). Yevropa, Osiyo, Panamerika va Okeaniya K. konfederatsiya lari tuzildi. Hozirgi paytda oʻzbekcha K. bilan xorijiy mamlakatlarda 600 mingdan ziyod kishi shugʻullanadi. K.ning bu turi boʻyicha jahon, qita va mamlakatlar chempionatlari hamda birinchshtiklari, Oʻzbekistonda atTermiziy, Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan va boshqa koʻplab xalqaro musobaqalar muntazam oʻtkaziladi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda 22 ta olimpiada oʻrinbosarlari maktabi, 37 ta bolalaroʻsmirlar sport maktabi va 206 ta K. maktabida sportning bu turi boʻyicha oʻquvchilarga tahsil beriladi. Oliy oʻquv yurtlarida 100 dan ortiq K. toʻgaraklari faoliyat koʻrsatadi. Kurashchilar bilan 851 vafar murabbiy shugʻullanadi (2003). Osiyo olimpiya kengashi 2003 yilda K.ning bu turini Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritdi. K. boʻyicha oʻtkazilidigan jahon chempionatlarida Bahrom Anazov, Isoq Axmedov, Maxtumquli Mahmudov, Kamol Murodov, Toshtemir Muhammadiyev, Akobir Qurbonov (Oʻzbekiston), Kubashxonim Elknur, Selim Totar oʻgʻli (Tur-kiya), Aleksandr Katsuragi, Karlos Xonorato (Braziliya), Pavel Melananets (Polsha), Xiroyoshi Kashimoto (Yaponiya) va boshqa golib chikdilar va sovrindor boʻldilar.